
作词 : Usmon Azim
作曲 : Yulduz Usmonova
[Verse 1]
Men senga bahorni keltirdim sevgim
Ana u ikki to‘zg‘in buluti bilan
Nimta oyi bilan hududi bilan
Men senga osmonni keltirdim sevgim
Men senga bahorni keltirdim sevgim
Yomg‘irlari bilan sellari bilan
Gullarni uyg‘otgan yellari bilan
Men senga bahorni keltirdim sevgim
[Pre-Chorus]
Endi ikkimizda hamma narsa bor
Qani ketdik jonim bel bukulguncha
Tomir uzulguncha jon to‘kilguncha
Yashashga iqrormiz so‘limga iqror
[Chorus]
Bellar bukulguncha
Tomir uzulguncha
Jonlar to‘kilguncha
Umr o‘tguncha
Yaralar bitguncha
Tomir uzulguncha
[Verse 2]
Men senga saodat keltirdim sevgim
Ko‘ngling ravshan bo‘lsin — chirog‘i bilan
Bedorligi bilan charchog‘i bilan
Men senga saodat keltirdim sevgim
Senga bir tinch dunyo keltirdim sevgim
Mana olgin dedim — hamma narsa taxt
Mana bu — mehrdir mana bu — chin baxt
Senga bir tinch dunyo keltirdim sevgim
[Pre-Chorus]
Endi ikkimizda hamma narsa bor
Qani ketdik jonim bel bukulguncha
Tomir uzulguncha jon to‘kilguncha
Yashashga iqrormiz so‘limga iqror
[Chorus]
Bellar bukulguncha
Tomir uzulguncha
Jonlar to‘kilguncha
Umr o‘tguncha
Yaralar bitguncha
Tomir uzulguncha
[Vocalization]
[Outro]