
作词 : Shoxruxbek Ergashev
作曲 : Shoxruxbek Ergashev
Tékist Tehriri:Abduxaliq Terbi
O'tkinchi dunyoning ortidan quvib,
Dunyolar kezdim-a ko'ksimni kerib,
Bugun ostonadan bir qadam qo'yib,
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
♡♡
Yuragi ezilgan yo'limga qarab,
Do'stu yaqinlardan holimni so'rab,
Sog'inchdan bosh egib, qalbdan o'rab,
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Ko'rdimu shu onda tiriklayin so'ldim,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
♡♡
Qo'llarida xasta, yuragi yarim,
Dunyoda yagona - yolg'izim manim,
Ezilib ketyapman o'ylagan sarim,
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Egildim boshimni devorga urib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
♡♡
Yuziga qor tushgan, ajinlar o'zi,
Men nodon aytmapman bir shirin so'zim,
Ko'r ekan aslida bu ikki ko'zim,
Ko'rdimu shu onda tiriklayin so'ldim,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
♡♡
Qo'llarida xasta, yuragi yarim,
Dunyoda yagona - yolg'izim manim,
Ezilib ketyapman o'ylagan sarim,
Pinhona yig'ladim ich-ichim to'lib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Egildim boshimni devorga urib,
Onamning sochida oqlarni ko'rib.
Ey~,Onamning sochida oqlarni ko'rib.