
作词 : Benom guruhi
作曲 : Benom guruhi
Uchrashib qolsak
Qanday qaraysan ko'zimga
Yoki yolg'izlanib meni eslaganingda
Balki ko'ngling yig'lar pinhon qayg'urar
Zora jonlanib ketar dilingdagi tuyg'ular
Yengil hayot boyliklar
Ustunroqmidi senga
Ularning ketidan qara aylanding kimga
Aksingdan so'ra ayblashdan ko'ra
Axir ajratgan o'zingku bizni bir umrga
Tuyg'ularim parcha parcha parcha
O'tdi yillar ancha ancha ancha
Soxtaliging bilganimda
Bilasanmi qiynalgandim qancha
Nega endi bugun sen yonimda
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun
Keldingmi yana...
Tuyg'ular parcha parcha parcha
Qiynaldim ancha ancha ancha
Sevmasliging bilib turib
Bilasanmi ezilgandim qancha
Nega endi qayting sen yonimga
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga...
Biz yurgan ko'chalar
Seni eslatar har kun
Yurak havotirda sendan
Negadir bugun
Gohi ko'rgim kelar
Gohi aytgim kelar
Aytolmagan gaplarim
Ichimni yemirar...
Sen orzu qilgan boylik
Bugun menda bor
Lek biz kutgan mehr
Ayt qay birimizda bor..?
Qiynaydi savol bo'ldi kimga zavol
Boylikka mag'lub bo'lgan sevgim
Senga uvol...
Tinchlan yurak deyman
Qo'l siltab bariga mayli deymanu
Tinch qo'y menga tegma
Sog'inchlarim mani boshimni egma egma
Meni majbur etma
Qaytishimgaaa....
Tuyg'ularim parcha parcha parcha
O'tdi yillar ancha ancha ancha
Soxtaliging bilganimda
Bilasanmi qiynalgandim qancha
Nega endi bugun sen yonimda
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun
Keldingmi yana...
Tuyg'ular parcha parcha parcha
Qiynaldim ancha ancha ancha
Sevmasliging bilib turib
Bilasanmi ezilgandim qancha
Nega endi qayting sen yonimga
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga...